DEPUTATLIK HAMKORLIGI – MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a‘zosi deputat A. Abdumurodov tomonidan gaz ta’minoti tashkilotida hamkorlik ishlari olib borildi.
Uchrashuv davomida hududlarda gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar, aholi murojaatlari hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Deputat va mas’ul tashkilot vakillari o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
🤝 Xalq manfaatlari yo‘lida hamkorlik va amaliy ishlar davom etmoqda.