2027-YIL DASTURLARIGA DEPUTAT TAKLIFLARI ILGARI SURILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2027-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hududiy rivojlantirish dasturlariga hudud aholisining murojaatlari hamda saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalardan kelib chiqib takliflar kiritilmoqda.
🗣 22-Dovkash saylov okrugi deputati Sadikova Barchin Musaqulovna tomonidan quyidagi ustuvor takliflar ilgari surildi:
🔹 Yangi sanoat mahallasi:
✅ Elektr ta’minotini barqarorlashtirish maqsadida yangi transformator o‘rnatish;
✅ 20 dona beton elektr ustuni o‘rnatish.
🔹 Turkman mahallasi:
✅ Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish maqsadida 30 dona beton elektr ustuni o‘rnatish.
🔹 Imom ota mahallasi:
✅ Maktab o‘quvchilarining xavfsiz va qulay qatnovini ta’minlash maqsadida maktabga olib boruvchi 2 kilometr ichki yo‘lni asfaltlashtirish.