Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri Matniyazov Akbar Qadirovich kotibiyat bosh mutaxassisi bilan birgalikda joriy hafta davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan suhbatlashdi.
💬 Suhbat davomida kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, hafta davomida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha tegishli reja va vazifalar belgilab olindi.
📋 Shuningdek, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
⚡️ Aniq reja va mas’uliyatli yondashuv — samarali faoliyatning muhim omilidir.