35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

📍 Mahalladagi ijtimoiy xizmatlar sifati – deputat e'tiborida

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan X. Jumaboyev mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga xizmatlarni sifatli tashkil etish, kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamni tayinlash va toʻlash jarayonlari oʻrganildi.

🤝 Oʻrganish jarayonida aholiga manzilli va shaffof ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish, fuqarolarning murojaatlariga oʻz vaqtida yechim topish hamda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini yanada oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Slide 1 of 4