Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlik faoliyati

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Turdiyev Anvar Xaytbayevich tomonidan 2026-yil boshidan bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

📊 Faoliyat davomida:
🏛 7 marta — tuman Kengashi sessiyalarida ishtirok etildi;
📄 6 ta — hududdagi muammolar va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan deputatlik so‘rovlari yuborildi;
📱 14 marta — ijtimoiy tarmoqlarda deputatlik faoliyati, hududdagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan chiqishlar qilindi.

🔎 Deputat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
💼 tadbirkorlik subyektlari va faoliyat ko‘rsatayotgan obyektlarni o‘rganish;
💰 soliq tizimi hamda mahalliy budjet masalalarini o‘rganish;
📈 tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar jarayonida faol ishtirok etish;
📨 deputatlik so‘rovlari orqali mavjud muammolarga amaliy yechim izlash;
🏛 “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi faoliyatida ishtirok etish.

⚡️ Deputatlik faoliyati — muammolarni ko‘rish, ularni ko‘tarish va yechim topish yo‘lida amaliy harakat qilishdir.