Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Madaminov Alisher Abdullayevich tomonidan yo‘llangan ▪️deputatlik so'roviga belgilangan tartibda rasmiy javob taqdim etildi.
📄 Taxiatosh tumani hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, deputat tomonidan ko‘tarilgan “Taxiatosh” MFYdagi Xo‘jayli ko‘chasi bo‘ylab joylashgan xonadonlarga tomorqalarni sug‘orish uchun oqova suv yetkazib berish masalasi joyiga chiqib o‘rganilgan.
🔹 O‘rganish yakunlari bo‘yicha Taxiatosh tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli topshiriqlar berilgan.
🔹 Hozirgi kunda ko‘cha bo‘ylab joylashgan xonadonlarga oqova suvni uzluksiz yetkazib berish ishlari yo‘lga qo‘yilgan hamda belgilangan reja asosida davom ettirilayotganligi ma’lum qilingan.
🤝 Deputatlik nazorati natijasida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masala yuzasidan amaliy choralar ko‘rilayotgani deputatlik so‘rovining amaliy ahamiyatini yana bir bor tasdiqlaydi.
📌 Aholi murojaatlari nazoratda, ularning yechimi esa deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.