Oqostona mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Ergaaheva tomonidan Oqostona mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati maxsus savolnoma asosida o‘rganildi.
Monitoring davomida yoshlar yetakchisi Q.Mardanovning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son Farmoni 1-ilovasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-fevraldagi 78-son qarori asosida belgilangan mezonlar bo‘yicha baholandi.
📌 O‘rganish natijalariga ko‘ra:
✅ Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida 4 marotaba ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etilgan.
✅ Mahallada yoshlar tashabbuslari asosida ijtimoiy loyihalar amalga oshirilib, "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida 1000 nafardan ortiq yosh qamrab olingan.
✅ Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida IT va xorijiy tillar yo‘nalishlarida to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
✅ Yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha seminarlar o‘tkazilib, Hunarmandlar uyushmasi bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilmoqda.
✅ "Yoshlar daftari" bilan tizimli ishlanib, 10 nafar yoshning muammosi hal etilgan.
✅ Nogironligi bo‘lgan yoshlar, davolanishga muhtoj fuqarolar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba-yoshlarga subsidiya va moddiy yordamlar ajratilishiga ko‘maklashilgan.
📝 O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisi faoliyati tahlil qilinib, yoshlar bandligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat dasturlarida ishtirokini yanada kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.