Yangiliklar

Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevnaning deputatlik so‘roviga “Hudud gaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali “Payariq tuman gaz” ta’minoti bo‘lim A.O‘ralovdan javob olindi.

#Deputat_sorovi_javobi

Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevnaning deputatlik so‘roviga “Hudud gaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali “Payariq tuman gaz” ta’minoti bo‘lim A.O‘ralovdan javob olindi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatining 2026-yil 2-iyuldagi №63-ds-377-26-sonli deputat so‘rovi yuzasidan “Hudud gaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali “Payariq tuman gaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Bildirilishicha, Ilg‘or mahallasida 2026-yil 6-iyuldan boshlab aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan. Ishlab chiqarish korxonalaridan suyultirilgan gaz mahsuloti cheklangan hajmda kelayotgani sababli, mahalla aholisiga, jumladan murojaatchi xonadoniga ham gaz tasdiqlangan jadval asosida navbat bilan yetkazib berilishi ma’lum qilingan.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1