Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi tomonidan deputatlar va Kengash kotibiyati xodimlarining saylov okruglarida o‘rganishlar olib borish, aholini qiynayotgan muammolarni joyiga chiqib aniqlash hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida navbatdagi o‘rganishlar tashkil etildi.
Jumladan, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ–445-son Qonuni ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati mudiri X.Berdiyarova, deputat J.Raxmonqulov, hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Sharopov tomonidan tuman Xalq qabulxonasiga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida Xalq qabulxonasi mudiri bilan uchrashuv o‘tkazilib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyoti, murojaatlarning ijro holati, takroriy murojaatlarning kelib chiqish sabablari hamda ularning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, fuqarolarning takroriy murojaatlariga sabab bo‘layotgan muammolarni joylarda manzilli hal etish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda idoralararo hamkorlikni kuchaytirish, har bir murojaatning sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash hamda saylov okruglarida aholi bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.