📎 #Doimiy_komissiya_yig‘ilishi
🗓 2026-yil 25-iyun kuni Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi huzuridagi Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
👥 Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda mutasaddi xodimlar ishtirok etdi.
📍 Kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning axborot va hisobotlari tinglanib, amalga oshirilayotgan ishlar holati atroflicha muhokama qilindi.
📝 Jumladan, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari S.Jabbarov tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
💼 Shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.
📑 Yig‘ilish davomida Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining 2026-yil 18-apreldagi VII-26-51-12-179-K/26-sonli qarorining ayrim bandlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
🔎 Muhokamalar jarayonida komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda ijro intizomini yanada kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
✅ Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
🤝 Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
👨💼 Mas’ul:
S.Davletnazarov – bosh mutaxassis.