🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Farxod Ibragimov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi bosh mutaxassisi D.Ulug'bekova bilan birgalikda tumandagi Davlat xizmati markazi hamda FHDYO organida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holatini o‘rgandi.
📝O‘rganish jarayonida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, navbat tizimi, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarining shaffofligi hamda aholiga yaratilgan qulayliklar tahlil qilindi.
✅Shuningdek, xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va tashkiliy masalalar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.