Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Mirsoat Mirsodiqov hamda tuman Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi Elyorjon Saidovlar tomonidan tumandagi Paxtaobod mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning muhandislik-kommunikatsiya tizimlari holati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aholini issiq va sovuq suv bilan uzluksiz ta’minlash, elektr energiyasi yetkazib berish sifati hamda tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar batafsil tahlil qilindi.
Muommolar aniqlandi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash hamda aholiga qulay sharoitlar yaratish maqsadida deputat tashabbusi bilan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.