Olmaliq shahar "Zarbuloq" mahallasida aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratidan o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Fahriddin Matasimov tomonidan mahalla hokim yordamchisining 2025-yil hamda 2026-yilning 1-chorak yakunlari bo‘yicha hisoboti va amalga oshirgan ishlari tahlil qilindi.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
✅ Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Aholiga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kengaytirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarning manzilliligi;
✅ Bandlik masalasi: Ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish va o‘zini-o‘zi band qilish borasidagi ko‘rsatkichlar;
✅ Qonun ustuvorligi: Amalga oshirilgan ishlarning amaldagi qonunchilik talablariga mosligi va samaradorligi.
O‘rganish yakunida deputat tomonidan hokim yordamchisiga aholi daromadlarini oshirish va "mahallabay" ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.