Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, OʻzbekistonEkologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yangi makon” OFY da Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sherzat Niyazimbetov bilan birgalikda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
👥 Uchrashuv davomida “og‘ir” toifaga kiritilgan ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning fikr-mulohaza va takliflarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
🏗 Shuningdek, Taxiatosh tumanida yoshlar uchun ajratilgan sanoat zonasi yer maydonining bugungi holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
💬 Bildirilgan takliflar asosida aniq chora-tadbirlar belgilab olinmoqda.
✅ Yoshlar uchun amaliy ishlar davom etmoqda!