Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 23 bandi (mahalla yettiligi bilan fuqarolar o‘rtasidagi munosabat) ijrosini ta’minlash maqsadida shahar Kengashi deputati M.Jumaniyazova O‘zlidep viloyat Kengashi bilan hamkorlikda shahardagi “Navbahor” mahallasida bo‘lib, mahalla fuqarolari bir guruhi ya’ni nogironligi bo‘lgan shaxslar xolidan xabar oldi.
O‘rganish doirasida deputat M.Jumaniyazova mahalla hududidagi nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadonlarida bo‘lib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.
Ushbu tadbir yakunida deputat M.Jumaniyazova tomonidan mahalla yettiligiga fuqarolar bilan doimiy aloqani mustahkamlash, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamning murojaatlarini tezkorlik bilan hal etish yuzasidan aniq tavsiyalar berdi.