🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tomonidan aholi manfaatlarini ta’minlash maqsadida deputatlik so‘rovi yo‘llandi.
📌 Deputat tomonidan tuman hokimi o‘rinbosari Bekjanov Farxad Artikbaevichga yuborilgan so‘rovda quyidagi masalalar ko‘tarildi:
🟢 “Yangi makon” mahallasida “Og‘ir mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar;
🟢 “Mehrem” aholi punktini ichimlik suvi bilan ta’minlash holati;
🟢 “Chatiravuq” aholi punktida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari.
📥 Ushbu so‘rov orqali mahalla aholisining turmush sharoitini yaxshilash va infratuzilmani rivojlantirish maqsad qilingan.
⚡️ Amaliy natija:
— ichimlik suvi tarmog‘ini tortish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanmoqda;
— ichki yo‘llarni tosh-qum aralashmasi (ЩПС) bilan ta’mirlash ishlari boshlandi.