🔰Milliy tiklanish demokratik partiyasi Buxoro tuman Kengashi deputati N.G‘aybullayeva o‘z saylov okrugidagi “Sheyxoncha” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hudud faollari va “yettilik” a’zolari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
📌Uchrashuvda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Z.To‘yeva hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri S.Samadovlar ishtirok etishdi. Muloqot jarayonida mahalladagi ijtimoiy muhit, aholi murojaatlari hamda “qizil”, “sariq” va “yashil” toifaga ajratilgan xonadonlarning holati batafsil tahlil qilindi.
📌Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar va takliflar tizimli ravishda ro‘yxatga olinib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlar rejalashtirildi.