Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Buxoro tumani Kengashi deputati

🔰 16-Chorraxa saylov okrugidan saylangan deputat H. Sariyeva “Yangi Turmush” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, saylovchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar, taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅Shuningdek, deputat mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, ayollar bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar alohida e’tirof etildi.

✅Uchrashuv yakunida kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olinib, fuqarolar bilan doimiy muloqotni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.