Yangiliklar

AHOLI MUROJAATLARI O`RGANILMOQDA.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 21-Nevich saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna hamda mahalla “yettiligi” tomonidan “Qizilsoy” MFY hududida yashovchi oilalarning ijtimoiy ahvoli va turmush sharoitlari o‘rganildi. O‘rganish jarayonida xonadonma-xonadon yurilib, aholining bandligi, daromad manbalari, ijtimoiy yordamga muhtojlik darajasi hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi. Uchrashuv davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan savollar, taklif va fikr-mulohazalarini bildirdilar. Deputat tomonidan har bir murojaat yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, amaliy yordam ko‘rsatish mexanizmlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, MFY “yettiligi” bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Slide 1 of 4