#Deputat_faoliyati
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi muhokamada
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati N.Ochilova tashabbusi bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati hamda uning amaliy ahamiyatiga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Strategiyada belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, xususan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, aholi farovonligini oshirish, davlat boshqaruvini takomillashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ko‘zda tutilgan vazifalarni joylarda samarali amalga oshirish, aholining ishtirokini kuchaytirish hamda mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimlari yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)