Deputat bilan yuzma-yuz
AHOLI MUROJAATLARI TINGLANDI
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qiziltepa tuman Kengashi raisi, tuman Kengashi deputati Mashhura Karimova "G‘oyibon" mahallasi aholisi bilan uchrashdi.
“Mahalla yettiligi”, tuman elektr tarmoqlari bo‘limi, obodonlashtirish bo‘limi mutaxassisi, mahalla faollari ishtirok etgan uchrashuvda aholi murojaatlari tinglandi.
Xususan, aholi tomonidan mahallaning “Shabboda” ko‘chasidagi elektr simyog‘ochlarining taʼmirtalab holatga kelib qolganligi, bolalar uchun maydoncha tashkil qilish, 400 metr ichki yo‘lni taʼmirlash hamda ko‘cha yoritgichlari o‘rnatish bo‘yicha deputatdan amaliy yordam so‘raldi.
M.Karimova ushbu masalalarni hal etish bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida muhokama qilib, deputatlik nazoratiga oldi.