Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
янв.21
Депутат аҳоли мурожаатларини ўрганмоқда
янв.21
МАҲАЛЛА ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
Депутат ва сектор ҳамкорлиги аҳоли фаровонлигини яхшилашга хизмат қилмоқда
Фарг'она тумани Deputatlari va yoshlar uchrashuvi

Deputatlar va yoshlar uchrashuvi

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Ozodaxon Dadajonova, Fayzullo Mirzayev, Abdusamat Alobidinov, O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi Nodirbek Karimov, tuman IIB boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Surayo Musayevalar tumanning Farg‘ona MFY hududida joylashgan “Tong” bolalar oromgohida maroqli dam olayotgan o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashdilar.

Uchrashuv davomida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida shaxmat, stol tennisi, badminton, arqon tortish, kubik-rubik yig‘ish kabi yo‘nalishlarda sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Ularda oromgohda dam oluvchi yoshlar va tarbiyachilar o‘zlarining aqliy va jismoniy salohiyatini yana bir bor sinovdan o‘tkazishdi.

Shundan so‘ng, deputatlarning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Samimiy va ko‘tarinki ruhdagi suhbatda O.Dadajonova bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar davlat siyosati darajasida ko‘tarilganligini alohida ta’kidlab, Vatanga muhabbat, ta’lim-tarbiya, mehnat qilishi, kasb sir-asrorlarini puxta o‘rganishi, iqtidorini namoyon etishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi haqida to‘xtalib, barcha yoshlarni “30-iyun – Yoshlar kuni” bilan tabriklab, ularga foydali bilim va kelgusida Jonajon Vatanimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shishga qodir inson bo‘lib yetishishlarini tiladi.

Slide 1 of 6