Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 03-Ijodkor saylov okrugi deputati Amanlikov Alibek Shaimkulovich joriy yilning 28-iyun kuni "Ijodkor" mahallasida faoliyat yuratayotgan aholi bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida mahalladagi dolzarb muammolar tahlil etildi. Jumladan, ijtimoiy muhofaza, sog’liqni saqlash sohasidagi muammolar muhokama qilindi. Uchrashuv davomida o’rtaga tashlangan masalalarning har biri ro’yxatga olinib, qisqa fursatlarda ijrosini ta'minlashga kelishib olindi va tegishli tashkilotlarga ijrosini ta'milash uchun so’rov yuborildi.