oriy yilning 19-mart kuni Sardoba tumani hokimligi majlislar zalida tuman hokimi Akmal Mirzayev boshchiligida va Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati hamda tuman Kengashi deputatlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan "Yo‘l xaritalari"da ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanitirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirishda ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ushbu ochiq muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrdagi "2024-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-404-sonli qaror bandlari ijrosini nazorat qilish mexanizmlari xususida muhokama qilindi.