Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
янв.21
Депутат аҳоли мурожаатларини ўрганмоқда
янв.21
МАҲАЛЛА ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
Депутат ва сектор ҳамкорлиги аҳоли фаровонлигини яхшилашга хизмат қилмоқда
Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashining yetmish beshinchi sessiyasi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 17 aprel kuni Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashining yetmish beshinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Ushbu sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli korxona hamda tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:

1) Tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2024-yilning I-choragi  davomida amalga oshirilgan tadbirlar to‘g‘risida.

2) Tuman davlat Soliq Inspektsiyasi tomonidan 2024-yilning I-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sardoba tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2024-yilning I-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

4) Tumandagi hokim yordamchilari tomonidan joriy yilning fevral-mart oylarida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sardoba tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri F.Xasanovning axboroti to‘g‘risida.

5) “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan 25-maqsadda hamda Xotin-qizlarning ta’lim olishi, kasbiy ko‘nikmalarni egallashi va erta turmush va ajrimlarnin oldini olish, tadbirkorlika jalb etishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari M.Eshonxonovaning hisoboti.

6) “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan 54-maqsadida hamda tumandagi qishloq xo‘jaligida yerlarni sho‘rlanishlarni oldini olish, tomchilatib sug‘orish, suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi ijrosini ta’minlashda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari V.Ismoilovning hisoboti. 

7) Sardoba tumanida “O‘zbekiston-2030” strategiyasining 53, 57, 60, 61, 67, 72, 73 va 87-maqsadlaridagi ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasining bajarilishi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari J.Qaynarovning hisoboti.

8) Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning I-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.  

9) Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida tuman mahalliy budjeti hisobidan shakllangan Sardoba tuman hokimligining “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida

10) Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish yuzsidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘ining hisoboti.

11) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-sonli qarori ijrosi yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish  to‘g‘risida.  

 12) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-39-sonli qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida
Deputatlar tomonidan sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan fikr mulohazalar bildirilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Slide 1 of 4