Assalomu alaykum hurmatli jurnalist va blogerlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari! Siz aziz jurnalistlarni, matbaa va nashriyot, televideniya, radio sohasining jonkuyar ijodkorlarini, soha faxriylarini 27-iyun-Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman.
Ushbu sohaning boshqa tarmoqlardan kam bo'lmasligi uchun doimo intilib yashaydigan Siz-jurnalistlar bor haqiqatni albatta anglaysizlar.
Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, "Ommaviy axborot vositalari so'zda emas, amalda "to'rtinchi hokimiyat" darajasiga ko'tarilishi zarur. Bu - zamon talabi, islohotlarimiz talabi" degan fikrlariga monand faoliyat yuritmoqdasiz.
Zimmangizdagi ulkan va zahmatli mehnatni ulug'lab, shu kasbdan qadr va sharaf topib yurishingizni tilab qolaman.