Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
янв.21
Депутат аҳоли мурожаатларини ўрганмоқда
янв.21
МАҲАЛЛА ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
Депутат ва сектор ҳамкорлиги аҳоли фаровонлигини яхшилашга хизмат қилмоқда
Shunday musoboqalardan biri “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamentining Samarqand viloyat boshqarmasi tasarrufidagi “Kamalak jilosi” oromgohida o‘tkazildi.

SPORTNI SEV, SPORT BILAN YaShA!

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashiga "28-O'zbekiston" okrugidan saylangan deputat Jo'rayev Umirzoq Movlonovich “Kamalak jilosi” oromgohida o‘tkazildi. 

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Samarqand viloyat Kengashi tomonidan 30 iyun-Yoshlar kuni munosabati bilan turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, sport musoboqalari tashkil etilmoqda.

Shunday musoboqalardan biri “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamentining Samarqand viloyat boshqarmasi tasarrufidagi “Kamalak jilosi” oromgohida o‘tkazildi.

Samarqand tumanidagi so‘lim tabiat qo‘ynida joylashgan mazkur bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida ayni paytda ikkinchi davra boshlanib, unda Payariq tumani aholisining 100 nafar farzandlari maroqli hordiq chiqarishmoqda. 

Sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha tashkil etilgan musoboqaning ochilish marosimida so‘z olgan partiya faollari bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlar, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan yuksak e'tibor va ularga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar xususida to‘xtalib o‘tdilar. 

Buning samarasi o‘laroq yurtimiz sportchilari, xususan shaxmatchilarimiz erishayotgan ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar xususida fikr-mulohazalarini bildirishib, barcha ishtirokchilarga musoboqada omadlar yor bo‘lishini tilashdi.

Shundan so‘ng kichik, o‘rta va katta yoshli bolajonlar alohida guruhlarga bo‘linib, shaxmat-shashka bo‘yicha o‘zaro bahslarga kirishdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan o‘yinlar yakunida g‘oliblar nomi aniqlanib, ular musoboqa tashkilotchilarining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Slide 1 of 5