26-iyun Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni
Bugun Uchquduq tuman sport maktabi direktori, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Salimov tashabbusi bilan 26-iyun Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab sportning “Jiu-jitsu” turidan Ochiq chempionat musobaqasi 2011-2013-2015-2017-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida 15 vazn toifasida 50 nafar sportchilar ishtirokida o'tkazildi. Musobaqa g‘oliblari sport maktabi ma'muriyati tomonidan diplomlar bilan taqdirlandilar.