27-iyun "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni"
Ayni damda 27-iyun "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" munosabati bilan tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi tashabbusi bilan tumanda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun bayram dasturxoni yozildi. Kasb bayrami munosabati bilan Uchquduq tuman hokimligi axborot xizmatiga tuman hokimi tomonidan qimmatbaho kompyuter jamlamasi topshirildi. Ayni damda 27-iyun "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" munosabati bilan bo‘lib o‘tayotgan tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi S.Xamroyev va sektor rahbarlari soha xodimlarini kasb bayrami munosabati bilan tabrikladilar.