Departament tasarrufidagi Karmana tumanida joylashgan “Ishonch” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamentining Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Hunarmandlar uyushmasi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda “Mohir qo‘llar kuni” doirasida mahorat darslari, innovatsion tadbirlar tashkil etildi.