Mahallayettiligi o‘rganildi
              Bugun xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari hamda O‘zbekiston XDP tuman Kengashi raisi tumandagi
 Joyilma-Sovjironbobo mahallasida bo‘lib, “mahalla yettiligi” faoliyati va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. O‘rganish davomida mahallalar binosidagi mavjud sharoitlar, xodimlar uchun yaratilgan ish muhiti hamda fuqarolar bilan ishlash jarayoni ko‘zdan
kechirildi.  
             Faollar bilan suhbatda aholi bandligini ta’minlash, migratsiyada noqonuniy yurgan va kam daromadli fuqarolarni yurtga qaytarish choralarini ko‘rish, ularga munosib ish o‘rinlari yaratish, yoshlar bilan ishlash, ijtimoiy himoya va mahalliy tashabbuslarni
qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.