🔹Bugun, 22-aprel kuni xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔹Yig‘ilishda tuman Xalq qabulxonasi mudiri X.Aydashevning tumanda mahalliy hokimlik va davlat organlarining hududiy bo‘linmalari tomonidan aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va hal etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha 2025-yil birinchi chorak davomida olib borilgan ishlar to‘g‘risida hisoboti tinglandi.
Yig‘ilish yakuni bilan tegishli qaror qabul qilindi.