Yangiliklar

Olmazor tumani “Ahil” MFY mahalla idorasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida kommunal sohadagi kamchiliklar va fuqarolarni qiynayotgan muammolar bilan tanishib chiqildi hamda fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash, mahalladagi mavjud muammolarni hal etish, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish va mahalla hayotini yanada faollashtirish kabi masalalar muhokama qilindi. Ko‘tarilgan savollarga javoblar berildi va murojaatlar yozib olindi.

Slide 1 of 5