Yangiliklar

“Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusidagi davra suhbati bòlib òtdi

“Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusidagi davra suhbati bòlib òtdi Korrupsiya – har qanday jamiyatning taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘ladigan, ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligi va iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan hodisadir. Shu bois, unga qarshi kurashish barchamizning fuqarolik burchimizdir. Adolat sdp tuman kengashi tomonidan tashkil etilgan davra suhbati shu mavzuga bag'ishlandi.

Davra suhbatida tuman kengashi deputati R. Ismoilova, Sud faxriysi Xasanboy Muhammedjanov hamda yoshlar ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida korrupsiyaga qarshi kurash nafaqat davlat idoralarining vazifasi, balki har bir fuqarodan ham hushyorlik va halollikni talab etishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 1