Yangiliklar

Bugun, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengash raisi S.Fayziyeva tomonidan Yoshlar parlamentining viloyatdan saylangan a'zolari uchun yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Bugun, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengash raisi S.Fayziyeva tomonidan Yoshlar parlamentining viloyatdan saylangan a'zolari uchun yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda, Kotibiyat mudiri A.Anarov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi R.Sheraliyev va yoshlar parlamenti a'zolari ishtirok etishdi.

Yig`ilish ishtirokchilari tomonidan Yoshlar parlamenti a`zolarining o‘z faoliyatida eʼtibor qaratishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifa va rejalari haqida so’z yuritildi va qo’shimcha takliflarini berib o`tildi.

Xususan, Qonun ijodkorligi jarayonida faol ishtirok etish, yoshlarga doir qonunlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar berish, joylarda yoshlar bandligi masalasini puxta o‘rganish, tizimli muammolarni aniqlash hamda bartaraf etishga ko‘maklashish muhimligi ta’kidlandi.

https://t.me/TV_Kengash

Slide 1 of 2