Yangiliklar

Bugun Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyatida Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig'ilishi ZOOM platformasida bo`lib o`tdi.

Yig`ilishni doimiy komissiya raisi M.G`aniyev olib bordi. Kun tartibida viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish bo`yicha Viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Aripov axboroti va Viloyatda 2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Z.Yo`ldoshevning ma'ruzasi eshitildi va muhokama qilindi.

Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash raisi S.Fayziyeva, kotibiyat mudiri A.Anarov va doimiy komissiya a'zolari ishtirok etdi.

https://t.me/TV_Kengash

Slide 1 of 4