Xususan, bugun Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 12-Boyovut saylov okrugidan saylangan deputat Salohiddin Kuldashov "Istiqlol" mahallasi aholisi vakillari ishtirokida 42-sonli kasb-hunar maktablari binosida o‘z saylovchilari oldida I-chorak yakuni bo‘yicha o‘z faoliyati yuzasidan axborot berib o‘tdi.
️Uchrashuv davomida ko‘tarilgan muammo va masalalar:
1. "Markaz" va "Istiqlol" mahallasi hududida joylashgan istiroxat bog‘idagi daraxt va ko‘chatlarga chilla suvi (mis sulfat, Bordeaux aralashmasi, temir sulfat) berilmay kelinayotganligi natijasida darxta va ko‘chatlar qurib borayotgani bildirildi.
2. Fuqaro N.Rahmatullayevaning farzandi 3 yildan buyon betobligi (sudirgi) sababli davolashga mablag‘i yo‘qligi bildirildi.
Ko‘tarilgan muammolar bo‘yicha deputat tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘ri yuborishini va tegishli tartibtida hal qilinishini ma'lum qildi.