Yangiliklar

Deputat saylovchilari orasida

Uchrashuvda dastlab Qoraqalpog‘iston Respublikasini har tomonlama rivojlantirish yo‘nalishida qabul qilingan Farmon va Qarorlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirib o‘tildi.

So‘ngra saylovchilarning murojaatlari tinglandi.

Ular tomonidan 18 ta murojaat kelib tushdi, shundan 5 ta murojaat o‘z joyida ijobiy hal etildi, 13 ta murojaat bo‘yicha reja belgilab olindi.

Quvonarlisi saylovchilarning deyarli barchasi mening ahvolim, mening masalam deb emas, bizning ko‘cha, bizning mahallaga yo‘l, tungi yoritish, bolalar maydonchasini qurish kerak degan masalalarni qo‘yishi bo‘ldi.

Slide 1 of 4