Yangiliklar

#24_ta_masala #savolnoma_asosida #Okrugda_o‘rganish #Deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov tomonidan “Bo‘ston” mahallasidagi savdo do‘konlarida nazorat-tahlil faoliyati olib borildi.

Tadbir davomida savdo va xizmat ko‘rsatish shaxobchalarida mahsulotlar narx-navosining barqarorligi, savdo madaniyati hamda fuqarolarga munosib xizmat ko‘rsatish holati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida deputat va Kengash kotibiyati xodimlari tomonidan:

Savdo shaxobchalarida narxlarning asossiz oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

Mahsulotlar sifatini ta’minlash hamda iste’molchilar huquqlarini hisobga olish;

Savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga hamda belgilangan savolnomalarga rioya etilishi bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Ushbu deputatlik nazorati tadbiri aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish, ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3