Yangiliklar

🔰Kambag‘allikni qisqartirish – deputat e’tiborida

#deputat_faoliyati

🔰Kambag‘allikni qisqartirish – deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati M. Hidirova tomonidan “Pahlavon” mahallasida aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va daromadi past oilalar bilan olib borilayotgan ishlar, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi hamda fuqarolarning bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Shuningdek, aholining doimiy daromad manbalarini yaratish, tadbirkorlik va kasb-hunarga jalb etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✔️O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✔️Aholi farovonligini oshirish, oilalarning daromadini ko‘paytirish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari deputatlik nazorati doirasida izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 2