O‘rganish davomida soliq tushumlarini shakllantirish, belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi, soliq to‘lovchilar bilan ishlash, mavjud soliq qarzdorliklarini kamaytirish hamda hududning daromad bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.
➡️Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda soliq tushumlarini barqaror ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
✅Deputat tomonidan chorak yakuni natijalari yuzasidan mavjud ko‘rsatkichlar tahlil qilinib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlash, aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.