Yangiliklar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

O‘rganish davomida bo‘linmaning ish yuritish jarayoni, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish hamda aholining, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.

➡️Muloqot davomida deputat tomonidan tashkilot rahbariga ish yuritishda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlardan keng va samarali foydalanish, mavjud adabiyotlarni mazmunli targ‘ib qilish hamda ulardan boshqa tashkilotlar faoliyatida ham foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

✅Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy mazmundagi adabiyotlarni tegishli tashkilotlarga tarqatish, ularning xodimlari va yoshlar uchun kitobxonlik muhitini shakllantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

📌 Deputatlik nazorati — faoliyatni o‘rganish bilan birga, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va ish samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalarni ilgari surishni ham nazarda tutadi.

Slide 1 of 2