Yangiliklar

Kambag‘allik reestriga kiritilgan oilalar xatlovi o‘rganilmoqda

 🔹 Xatlov jarayoni va ro‘yxatga olish tartibida o‘rganish mezonlari: ishchi guruh oila a’zolari soni, ish bilan bandligi, shaxsiy tomorqasidan foydalanishi hamda nogironligi yoki surunkali kasalligi borligiga e’tibor bermoqda. 

🔹 Baholash tizimi: xatlov natijasida aniqlangan holatlardan kelib chiqib, oilalar «qizil», «sariq» va «yashil» toifalarga ajratilayapti. 

🔹 Ro‘yxatga kiritish: to‘plangan ma’lumotlar «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimiga (Ijtimoiy reestrga) kiritilishi orqali oilaning kambag‘allik darajasi avtomatik
ravishda baholanadi.
 

🔹 Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordamlar: Reestrga kiritilgan oilalar ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordamlar oladi hamda ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli dasturlar (masalan, biznes boshlash uchun subsidiyalar yoki imtiyozli kreditlar) ishlab chiqiladi. 

Mahalla aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar natijadorligini o‘rganish maqsadida xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyat mudiri Laziz Turanov o‘z hududi - “21-Oq oltin” saylov okrugida yashovchi mahalla aholisi vakillari bilan uchrashdi. 

Fuqarolar bilan uchrashuvlarda asosiy e’tibor: “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘ini “mahalla yettiligi” tomonidan hududdagi Qatag‘on qishlog‘ida kambag‘allik reestriga kiritilgan oilalarni xatlovdan o‘tkazilishi bilan bog‘liq masalalarga qaratildi. 

    Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1