Yangiliklar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Oyzoda Egamberdiyeva Do‘stlik mahallasida bo‘lib, hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahallada jinoyatchilik holatini tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilar tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar muhokama qilindi.

Mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda jinoyatchilikka sabab bo‘luvchi omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Yurtimizda xavfsiz va farovon mahalla muhitini yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 2