Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Oyzoda Egamberdiyeva hamda shahar hokimining o‘rinbosari Dilshod Azimov Do‘stlik mahallasida bo‘lib, ko‘p qavatli uylarda olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish davomida qurilish ishlari sifati, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik tadbirlarining belgilangan talablarga muvofiqligi hamda ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar va infratuzilma holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Mas’ullar bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida ishlarni sifatli va o‘z muddatida yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda qurilish jarayonlarida xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar va berilgan topshiriqlar ijrosi deputatlik nazoratiga olinib, ularning bajarilishi yuzasidan muntazam monitoring olib boriladi.