Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Oyzoda Egamberdiyeva hamda shahar hokimining o‘rinbosari Dilshod Azimov Do‘stlik mahallasida bo‘lib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari yerto‘lalari, uylar atrofining sanitariya holati hamda hududlarni yoritish masalalarini joyiga chiqib o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida mavjud muammolar ko‘zdan kechirilib, aholi bilan muloqot qilindi hamda ularning fikr va takliflari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarni obodonlashtirish va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi.
Fuqarolar murojaatlariga e’tibor qaratish va muammolarni joyida o‘rganish hududlarni yanada obod va yashash uchun qulay maskanga aylantirishga xizmat qiladi.