Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-sonli qarorining Taxiatosh tumanidagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan va kelgusida qilinishi rejalashtirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida tegishli sohada olib borilayotgan chora-tadbirlar, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi. Qaror ijrosini samarali ta’minlash, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy nazoratga olindi.