Yangiliklar

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputatlari

13-fevral kuni shahar hokimi o‘rinbosari, N.Ubaydullayeva, Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati S.Xolmirzayev va kotibiyati mudiri A.Nazirovlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

🔷Ayni paytda deputatlar nomiga “Ayollar daftari”ga kiritilish masalasi bo‘yicha murojaatlar soni ortib bormoqda. Fuqarolar, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj, bandligi ta’minlanmagan, daromad manbai yetarli bo‘lmagan yoki murakkab oilaviy sharoitda yashayotgan xotin-qizlar o‘z muammolarini hal etishda deputatlarga murojaat qilmoqda. 

🔷Yig‘ilishda deputatlar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni tizimli ravishda ro‘yxatga olish, shuningdek, asossiz rad etishlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

🔷Har bir murojaat ortida inson taqdiri turgani, shu bois xotin-qizlarning daftarga kiritilishi ochiq va shaffof mezonlar asosida amalga oshirilishi zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 4