Yangiliklar

Xalq deputatlari Samarqand viloyatidagi 4-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat Shoxrux Qudratov murojaatlarni joyiga chiqib o‘rgandi

Deputat Shoxrux Qudratov va O‘zLiDeP viloyat mas’ul xodimlari Samarqand shahar Siyobcha mahallasida bo‘lib mahalladagi olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi va muammolarni joyida borib o‘rgandi.

Bugungi kunda mahallada aholi soni 1850 ta, xonodonlar soni esa 711 tani tashkil qiladi. Uchrashuv davomida Husayin Bayqoro ko‘chasi hamda Mahmud Qoshg‘ariy 14 ko‘chalarida chuqurchalar paydo bo‘lib ta’mir talab ekanligi va ushbu ko‘chalarni ta’mirlash masalasi hamda 70 ta sim yog‘och ustunlar yaroqsiz bo‘lib, shuni biton ustunlarga almashtirish. Tortilgan simlariga 60-70 yillar bo‘lganligi kuz, qish, bahor mavsumlarida tez -tez uzulishlar bo‘lishi, bundan aholi aziyat chekayotganligi shuni yangisiga alamashtirish masalasi hamda Siyobcha kanalini atrofi hamda ichlari har xil chiqindilarga to‘lib ketganligi shuni tozalashda amaliy yordam berish masalalari ko‘tarildi.

Ushbu masalalr yuzasidan deputat tomonidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarilib, hal etiladigan bo‘ldi.

Slide 1 of 4