Yangiliklar

Yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi.

34-Oqtosh saylov okrugidan xalq deputatlari viloyat kengashiga saylangan deputat, filologiya fanlari doktori, professor Mavlon Boboxonov Narpay tumanidagi 19-umumta’lim maktabida saylovchilar, jumladan, yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda yuqori sinf o‘quvchilari va ularning o‘qituvchilari bilan ochiq muloqot uyushtirildi.

Uchrashuvda oliy ta’limning afzalliklari, kirish imtihonlari, ta’lim kreditlari, grant va kontraktining yangilangan tizimi, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda universitetda ta’lim berayotgan malakali professor-o‘qituvchilarning tajribasi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Alohida urg‘u chekka hudud yoshlari uchun yaratilgan imkoniyatlarga qaratildi – onlayn ro‘yxatdan o‘tish, o‘z hududida test topshirish, moslashuvchan qabul tartiblari va davlat grantlarining soni oshib borayotgani ta’kidlandi.

Slide 1 of 2